Markazda USAID vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

05.02.2024 1649

Joriy yilning 2-fevral kuni, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Agzam Nartayev, AQSh Taraqqiyot Agentligi (USAID)ning O'zbekiston sog'liqni saqlash tizimini rivojlantirish idorasi direktori Cherri Gumapas boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

Unda Markaz laboratoriyalarini xalqaro standartlar asosida ish yurutishi takomillashtirish, JSSTning Global taqqoslama tahlil vositasining yetuklik darajasiga erishish va bu borada mamlakatimizga xalqaro ekspertlarni jalb qilish imkoniyatlari muhokama qilindi. 

Ushrashuv davomida muassa rahbari Agzam Nartayev, Markaz faoliyatiga sifat menejmenti tizimining xalqaro standartini (ISO 9001) joriy etish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lum qilib, USAID bilan hamkorlikda mutaxassislar malakasini oshirish, hamda doimiy ravishda o’quv seminar va treninglar tashkil etish zarurligini bildirdi. 

 

USAID delegatsiyasi rahbari Cherri Gumapas "PQM+" dasturi doirasida Markaz va AQSh Taraqqiyot Agentlik o’rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash kerakligini ta’kidlab, JSSTning Global taqqoslama tahlil vositasining kategoriyalari bo'yicha 3-yetuklik darajasiga chiqishda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga amaliy yordam berishga tayyroligini bildirdi.

Ma’lumot uchun, USAID "PQM+" dasturi doirasida JSSTning yetuklik darajasiga ega bo'lgan 25 davlatdan 17 tasiga mazkur natijaga erishishda yaqindan ko'maklashgan. 

Uchrashuv yakunida tomonlar bir qator yo'nalishlar, jumladan inson resurslarini kuchaytirish, JSSTning Global taqqoslama tahlil vositasining yetuklik darajasiga erishishda texnik yordam, Markaz faoliyatining asosiy yo'nalishlarini raqamlashtirish, Normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqishda bo’yicha o’zaro hamkorlik qilishga kelishib oldi.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi matbuot xizmati